Savdo jarayonini shaxsiy yozishmalardan tozalaymiz.
Telegramda do'kon ochish oson, lekin uni tizimli boshqarish azob. Mijozlar lichkaga yozadi, to'lov cheklari yo'qoladi, ombordagi qoldiq hisobini yo'qotasiz. TijoratBot OS — bu muammolarni hal qiluvchi, asabingizni asrovchi yopiq ekotizim.
Muammo
"Qo'lda boshqariladigan biznes — bu biznes emas, u shunchaki ko'p vaqt oladigan og'ir ishdir."
Aksariyat Telegram do'konlar bir xil xatoga yo'l qo'yadi: ular barcha operatsiyalarni shaxsiy xabarlar (lichka) orqali amalga oshiradilar. Xaridor narxni so'raydi, siz javob berasiz, u o'ylab ko'raman deydi. Agar sotib olsa, Click yoki Payme orqali pul o'tkazib, skrinshot tashlaydi. Siz esa buni daftarga yoki Excelga yozib qo'yasiz.
Kuniga 5 ta buyurtma bo'lsa, bu normal holat. Lekin buyurtmalar soni 50 taga yetgandachi? Skrinshotlar soxta bo'lishi mumkin. Qaysi tovardan qancha qolganini aniq bilmaysiz. Kuryerga manzilni tushuntirish uchun soatlab vaqt sarflaysiz.
TijoratBot OS aynan shu xaosni tartibga solish uchun arxitektura qilingan. Bu shunchaki "savdo boti" emas. Bu mijoz, ma'mur va kuryerni bitta ma'lumotlar bazasida bog'laydigan yaxlit operatsion tizim.
Arxitektura
Tizimning uchta ustuni
Sizning raqamli ofisingiz
Barcha ma'lumotlar markazi. Mahsulotlaringizni toifalar bo'yicha joylaysiz (har bir mahsulot uchun 10 tagacha rasm). Eng muhimi — moliyaviy nazorat. Tizimga tushgan har bir buyurtma va to'lov cheki sizning tasdiqingizdan o'tadi. Ombordagi qoldiqlar avtomatik tarzda hisoblab boriladi.
- Cheklarni manual verifikatsiya qilish
- AI yordamida mahsulot ta'riflarini yozish
- Savdo statistikasi va tahlillar
Mijoz uchun toza vitrina
Xaridoringiz uchun yaratilgan mukammal interfeys. Ular ortiqcha yozishmalarsiz katalogga kiradi, mahsulotni tanlaydi, savatga qo'shadi va to'lovni amalga oshiradi.
Deep Linking texnologiyasi: Kanalingizga post joylaganingizda, post ostidagi tugma xaridorni botning bosh menyusiga emas, aynan o'sha tovar sahifasiga olib kiradi. Bu konversiyani keskin oshiradi.
Kuryerlar uchun aniqlik
Buyurtma tasdiqlanib, qadoqlangach, siz uni ma'lum bir kuryerga biriktirasiz. Kuryer o'z panelida faqat o'ziga tegishli buyurtmalarni, mijozning telefon raqami va aniq geolokatsiyasini ko'radi.
Ortiqcha savollar, lokatsiya so'rashlar yo'q. Mahsulot yetkazib berilgach, kuryer tizimda statusni yangilaydi va siz bu haqida darhol xabar topasiz.
Sarmoya
Shaffof. Yashirin to'lovlarsiz.
Bizning maqsadimiz — sizning biznesingizga texnik hamkor bo'lish. Sizga qaysi model qulay bo'lsa, shuni tanlaysiz.
Launch Offer
Tizimni sinovdan o'tkazish va birinchi real savdo referenslari uchun.
Standard
O'rtacha faoliyat yurituvchi Telegram do'konlar uchun doimiy optimal yechim.
Business
Ko'p mahsulotli, bir nechta xodim va faol savdo aylanmasiga ega bizneslar uchun.
Custom
Katta savdo tarmoqlari, maxsus integratsiyalar va individual server talablari uchun.